So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
AQSH Turkiyaga 420 tonna insonparvalik yordamini joʻnatdi
Nyu-Yorkdan Turkiyaga ortilgan 42 ta konteyner 20 kunda kelishi kutilmoqda.
AQSH Turkiyaga “Nevzat Kalkavan” kemasida 420 tonna insporvarlik yordamini joʻnatdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Turkiyaning Vashingtondagi elchisi Hasan Murat Mercan va Nyu-York Bosh konsuli Reyhan Oʻzgur, 420 tonnalik insonparvarlik yordami bilan “Nevzat Kalkavan” kemasini Turkiyadagi falokat hududiga joʻnatish marosimida ishtirok etdi. Kema Nyu-Jersi shtatining Port-Elizabet shahridan suzib ketdi.
Oʻzgur, zilzilalardan keyin Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasi rahbarligida AQSHda boshlangan yordam kampaniyasida Nyu-York, Nyu-Jersi, Pensilvaniya va Delaverning faol ishtirok etganini qayd etdi. Bu hududlarda, uning soʻzlariga koʻra, insonparvarlik yordamini yigʻish uchun oʻnta punkt tashkil etilgan.
Diplomatik missiya rahbari yordam koʻrsatishda ishtirok etgan va yuklarni yigʻish uchun oʻz omborlarini ochgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. Elchi Merjan Nyu-York yaqinida yigʻilgan insonparvarlik yordami 42 ta konteynerga ortilganini qayd etdi.
“Turkiyaning Mersin portiga 20 kun ichida jami 46 ta konteyner keladi”, deya tushuntirdi diplomat.
Mercan, elchixona maqsadining Turkiyaga insonparvarlik yordamlarining eng qisqa vaqt ichida yetkazilishini taʼminlash ekanligini qayd etdi.
Elchi, shuningdek, 20-fevral, dushanba kuni 100 tonna gumanitar yordam yuklangan yuk samolyoti Turkiyaga uchishini aytdi. Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 41 mingga yaqinlashdi.
Turkiya rahbari Rejep Toyyip Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan butun mamlakat boʻylab motam eʼlon qildi.