So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Turkiyada binolar vayron boʻlishi ortidan 5 kishi qamoqqa olindi
Hibsga olinganlar adliya idoralari ixtiyoriga topshirildi.

Turkiya sudi Gaziantep viloyatidagi zilzila oqibatida 25 ta binoning qulashi yuzasidan olib borilgan tergov doirasida hibsga olingan besh kishiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi. Hibsga olinganlar adliya idoralari ixtiyoriga topshirildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, tergov jarayonida jami 9 kishi hibsga olingan. Hibsga olinganlardan biri qoʻyib yuborilib, sud nazoratiga oʻtkazildi. Qolganlari boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Epitsentri Turkiyaning Qahramanmarash shahrida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 31 mingdan oshdi. Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.
Vayronkor zilzila Turkiyaga qoʻshni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.



