Qidirish

20:51 / 2023-02-10 506 0 Dunyo

Turkiyada zilzila paytida qulagan turar-joy majmuasi arxitektori hibsga olindi

“Rönesans Rezidans” turar-joy majmuasi bosh arxitektori Chernogoriyaga uchib ketishni rejalashtirgan, biroq...

world-news

Turkiyaning Hatay viloyatidagi zilzilalardan soʻng butunlay vayron boʻlgan “Rönesans Rezidans” turar-joy majmuasi bosh arxitektori Istanbul aeroportida mamlakatdan tashqariga uchib ketmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olindi, deb xabar berdi Sabeh gazetasi.

Turkiya adliya vaziri Bekir Bozdag avvalroq mamlakat janubi-sharqidagi vayronkor zilzila paytida binolarning qulashiga olib kelgan beparvolik uchun hech kim jazodan qochib qutula olmasligini aytdi.

Uy-joy majmuasidagi 250 xonadonni sotish uchun millionlab lira olgan bosh pudratchi (bir qator OAVlarda - arxitektor) Mehmet Yasar Choskun Chernogoriyaga uchib ketmoqchi boʻlgan paytda Yangi Istanbul aeroportida qoʻlga olindi. Chiqish taqiqi Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan qoʻyilgan”, — deyiladi nashr.

2012-yilda qurib bitkazilgan turar-joy majmuasidagi kvartiralar 1,5 million liradan 3 million liragacha (2012-yil kursida 800 mingdan 1,6 million dollargacha) narxlarda sotildi.

Biroq “jannat” deb eʼlon qilingan turar-joy tabiiy ofat zarbasiga dosh bera olmadi – barcha 12 qavat bir zumda qulab tushdi, deb yozadi gazeta.

Qurilish kompaniyasining egasi va muhandisi Choskunning ukasi qayerda ekani hali aniqlanmagan, 2017-yilda aka-uka ofisni Chernogoriyaga koʻchirishgan.

Shuningdek, juma kuni maʼlum boʻlishicha, 170 ga yaqin advokat tabiiy ofatdan jabr koʻrgan viloyatlardagi bir qator turar-joy majmualari pudratchilari ustidan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, ularning mamlakatdan chiqib ketishini taqiqlashni talab qilgan.

Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Oʻsha kuni tushdan keyin yana 7,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Yer silkinishlari ortidan yuzlab yer silkinishlari mamlakatning 10 viloyati va qoʻshni davlatlar, jumladan Suriyada ham sezilgan. Turkiyada zilzila qurbonlari soni 19 388 nafarga yetdi, 77 000 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Izohlar 0

Fikr bildirish