So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Coca-cola va goʻsht beringlar — Hatayda qutqaruvchilar vayronalar ostidan aka-ukalarni chiqarishdi
Turkiyadagi qurbonlar soni 19 mingga yaqinlashdi.
Turkiyaning Hatay shahrida epitsentri Kahramanmarashda boʻlgan dahshatli zilziladan 105 soat oʻtib, vayronalar ostidan ikki bola qutqarildi.
Qutqaruvchilar Antakya viloyatida uch qavatli uy vayronalari ostidan bir yarim yoshli Yusuf Husayn va uning yetti yoshli ukasi Muhammad Husaynni topdi.
Avvaliga voyaga yetmagan bola qutqarildi, 20 daqiqadan soʻng esa uning akasi birinchi navbatda qutqaruvchilardan qovurilgan goʻsht va Coca-Cola soʻradi.

6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 18 991 ming kishidan oshdi. Prezident Rejep Toyip Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.
Vayronkor zilzila qoʻshni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Suriyaning Idlib, Halab, Xama, Latakiya va Raqqa viloyatlarida 3,1 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.