So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiyaning bir viloyatida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi — AFAD
Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 12,8 ming kishidan oshdi.
Turkiyaning janubi-sharqidagi Shanliurfe viloyatida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi, qutqaruv guruhlari zilzilalardan zarar koʻrgan boshqa viloyatlarga yoʻnaltirildi.
Bu haqda Anadolu agentligi Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasiga (AFAD) tayanib xabar bermoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qoʻshimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham joʻnatildi.
6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi. Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 12,8 ming kishidan oshdi.
Prezident Rejep Toyyip Erdogʻan tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.
Vayronkor zilzila qoʻshni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.