So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Erdogʻan zilzila boʻlgan hududlarga tashrif burishi kutilmoqda
Erdogʻan oʻz tashrifini zilzila epitsentri boʻlgan Qahramanmarash viloyatidan boshlaydi.
Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan zilzilaning epitsentri — Qahramanmarash viloyatida boʻlgan vayronagarchilikdan jabr koʻrgan hududlariga tashrif buyuradi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Turkiya prezidenti tabiiy ofat zonasida mahalliy ishlarni muvofiqlashtirishni rejalashtirmoqda. Turkiya rahbarining birinchi tashrifi Qahramonmarash shahri boʻladi, shundan soʻng Erdogʻan Pazarjik viloyatiga yoʻl oladi. Bundan tashqari Turkiya prezidenti hozirda Oʻzbekiston qutqaruvchilari boʻlib turgan hudud, janubiy Hatay viloyatiga yoʻl oladi.
Eslatib oʻtamiz ,6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi.
Epitsentr Turkiyaning Qahramanmarash viloyati, sodir boʻlgan ikki vayronkor zilzila qurbonlari soni 7108 kishiga yetdi, 40910 kishi jarohat oldi. Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.