So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiyada 13 nafar oʻzbekistonlik bedarak yoʻqolgan
17 nafar Oʻzbekiston fuqarosi (bulardan 13 tasi sportchilar) zilzila sodir boʻlgan hududdan Istanbulga joʻnatilgan. Hozirda qidiruv va yordam ishlari davom etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Hatay viloyatida 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi. 2023-yil 7-fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 15 nafar oʻzbeklar qidirilayotgan edi, bulardan 2 nafari bilan aloqa oʻrnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, 17 nafar Oʻzbekiston fuqarosi (bulardan 13 tasi sportchilar) zilzila sodir boʻlgan hududdan Istanbulga joʻnatilgan. Hozirda qidiruv va yordam ishlari davom etmoqda.
Oʻzbekistonning Anqaradagi elchixonasida zilziladan jabr koʻrgan vatandoshlarga yordam koʻrsatish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun kechayu kunduz shtab tashkil etildi.
Telefon: +90−538−035−85−34.
Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻanning maʼlum qilishicha, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada 3549 kishi zilzila qurboni boʻlgan, 22168 kishi jarohatlangan. Vayronalar ostidan 8 mingdan ortiq odam qutqarib olindi.