So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ukrainada ichki ishlar vazirligi va xavfsizlik xizmatiga yangi rahbarlar tayinlandi
Ukraina Ichki ishlar vaziri aviahalokatga uchrab, halok boʻlgan edi.
Ukraina Oliy Radasi xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar va ichki ishlar vazirini tayinladi, deb xabar berdi UNIAN.
Maʼlum boʻlishicha, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari lavozimiga avval SBU rahbari lavozimida ishlab kelgan Vasiliy Malyuk tayinlandi. Oliy Radaning 324 deputati Malyukni tayinlash uchun ovoz berdi.

Oʻz navbatida, 321 deputatning qoʻllab-quvvatlashi bilan avvalroq Ukraina Milliy politsiyasi rahbari lavozimini egallab kelgan Igor Klimenko ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Klimenko IIV rahbari lavozimiga sobiq vazir Denis Monastirskiy aviahalokatda vafot etganidan keyin koʻrsatildi.
![]()
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Yenin, Ichki ishlar vazirligi shtat kotibi Yuriy Lubkovich, ularning yordamchilari, vertolyotda aviahalokatga, uchrab halok boʻlgan edi.