So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Turkiyadagi zilzila tufayli litosfera plitalari 3 metrga siljigan
Litosfera siljigani bois Turkiyada zilzila qachon tugashini oldindan aytib boʻlmaydi.

Italiya Milliy Geofizika va Vulkanologiya Instituti (INGV) prezidenti Karlo Doglioni Turkiyadagi zilzila tufayli litosfera plitalari 3 metrga siljiganini aytdi. Bu haqda u Corriere della Sera gazetasiga maʼlum qildi.
Olimning fikricha, Arab litosfera plitasi Anadolu litosfera plitasiga nisbatan shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga 3 m ga siljigan. Bunday holda, buzilishning umumiy hajmi kamida 150 kmni tashkil qilgan.
“Biz bu dunyo, Arab plitasi va Anadolu plitasi oʻrtasidagi chegara zonasidagi struktura haqida gapirayapmiz ... Hamma narsa bir necha oʻn soniyalarda sodir boʻldi”, deb tushuntirdi Doglioni.
Olimning qoʻshimcha qilishicha, Turkiya Suriyaga nisbatan oʻzgargan. Litosfera siljigani bois Turkiyada zilzila qachon tugashini oldindan aytib boʻlmaydi.
“Toʻplangan energiya ajralib chiqmaguncha, hodisa toʻxtamaydi”, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, 6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi. Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 3432 kishidan oshdi. Prezident Rejep Toyyip Erdoʻgʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.
Vayronkor zilzila qoʻshni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Suriyaning Idlib, Halab, Xama, Latakiya va Raqqa viloyatlarida 1,3 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.



