So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkmaniston Turkiyaga qutqaruv guruhi va gumanitar yordam joʻnatdi
Samolyot bortida oʻn nafar shifokor va gumanitar yuk bor.
Turkmaniston Turkiyadagi falokat hududiga qutqaruv guruhi va insonparvarlik yordam bilan bir samolyot yubordi. Bu haqda Turkiyaning Ashxoboddagi elchisi Toʻgʻan Oʻrol Twitterʻdagi safihasida maʼlum qildi.
Diplomatning aytishicha, samolyotni Turkmaniston bosh vazirining taʼlim, sport va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari Nurmumaxemot Amanneperov kuzatib borgan. Anadolu agentligining maʼlum qilishicha, samolyot bortida oʻn nafar shifokor va gumanitar yuk bor.
Eslatib oʻtamiz, 6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi. Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 3,3 ming kishidan oshdi.
Prezident Rejep Toyyip Erdoʻgʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi.
Vayronkor zilzila qoʻshni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Suriyaning Idlib, Halab, Xama, Latakiya va Raqqa viloyatlarida 1,3 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga koʻra, Oʻzbekistondan Turkiyaga 100 nafar qutqaruvchilar joʻnatildi.