So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiyadagi zilzila oqibatida bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, toʻrt kishi bedarak yoʻqolgan — TIV
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi.
Turkiyadagi zilzila oqibatida bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, toʻrt kishi bedarak yoʻqolgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi.
Oʻzbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarimizni tabiiy ofat hududlaridan xavfsiz joylarga koʻchirish va mamlakatimizga olib kelishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 3-6-fevral kunlari Kahramanmarash shahrida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida erkin kurash boʻyicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiya tomoni bilan hamkorlikda Anqaradagi taʼlim markaziga vaqtinchalik joylashtirildi va ularning Oʻzbekistonga qaytarish masalalari ishlab chiqilmoqda.
2023-yil 7-fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga koʻra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlganini afsus va chuqur qaygʻu bilan qayd etamiz. Tashqi ishlar vazirligi marhumaning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻz hamdardligini bildiradi.
Bundan tashqari, toʻrt nafar oʻzbekistonlik bedarak yoʻqolgan. Ularni topish boʻyicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda zilzila oqibatida zarar koʻrgan fuqarolarimizga tegishli yordam koʻrsatish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida Oʻzbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan boʻlib, unga +90-538-035-85-34 raqami orqali murojaat qilish mumkin , deyiladi maʼlumotda.