So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shvarsenegger mashinasida odam urib yubordi
Voqea sodir boʻlganidan keyin aktyor ayolning velosipedini tuzatish maqsadida ustaxonaga olib ketgan.
Kaliforniyaning sobiq gubernatori, aktyor Arnold Shvarsenegger Gʻarbiy Los-Anjelesda velosipedchini urib yubordi. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.
Portal maʼlumotlariga koʻra, velosipedchi shifoxonaga yetkazilgan, uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jabrlanuvchining oʻzi YTHda aybdor boʻlib, u Shvarsenegger mashinasining oldiga chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, voqea sodir boʻlganidan keyin aktyor ayolning velosipedini tuzatish maqsadida ustaxonaga olib ketgan.
Bu amerikalik aktyor ishtirokidagi birinchi baxtsiz hodisa emas. Oʻtgan yilning yanvar oyida Shvarsenegger GMC Yukon mashinasini haydab ketayotib, Toyota Prius bilan toʻqnashib ketgan. Natijada Toyota haydovchisi ayol jarohat oldi, u boshidan jarohat olib kasalxonaga yetkazildi.