So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mask zilziladan keyin yordam berish uchun Starlinkʻni Turkiyaga yuborishga tayyorligini bildirdi
Hozircha Turkiya rasmiylari Starlinkʻga ruxsat bermagan.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask zilziladan talofat koʻrgan Turkiyaga Starlink terminallarini joʻnatishga tayyorligini aytdi. Bu haqda u Twitterʻda yozgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan birining qutqaruvchilarga yordam berish uchun terminallar yuborish mumkinmi, degan savoliga Mask Starlink hozircha buning uchun Turkiya rasmiylaridan ruxsat olmaganini aytdi.
“SpaceX bu ruxsat olishi bilanoq terminallarni joʻnatishga tayyor”, — deb yozadi tadbirkor.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu avvalroq Turkiyada 6-fevral kuni yuz bergan kuchli zilzila mamlakatning 10 viloyatida sezilgani haqida xabar bergan edi.
Soyluning soʻzlariga koʻra, asosiy zarba Qahramonmarash shahriga tushgan. 7,4 magnitudali zilziladan keyin kamida 22 ta zilzila sodir boʻldi, ulardan oltitasi 6 balldan kattaroq edi. Soylu shuningdek, Turkiya hozirda eng yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilganini bildirdi.