So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Vataniga hiyonat qilgan Pokistonning sobiq prezidenti vafot etdi
2013-yilda u davlatga xiyonatda ayblanib, oʻlimga hukm qilingan.
Vataniga xiyonat qilganlikda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilingan Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf uzoq davom etgan xastalikdan soʻng, 79 yoshida Dubayda vafot etdi. Bu haqda Pokiston OAVlariga tayanib, Reuters xabar berdi.
General Parvez Musharraf Pokistonda 1999-yilda harbiy toʻntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. U 2001-yildan 2008-yilgacha prezident sifatida mamlakatni boshqargan. Parvez Musharraf impichment tahdidi tufayli parlament bosimi ostida isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, Musharraf 2007-yilda mamlakatda favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, Oliy sud aʼzolarini hibsga olishga buyruq berib, davlatga xiyonat qilgan. 2013-yilda u davlatga xiyonatda ayblanib, oʻlimga hukm qilingan. Shundan soʻng, sobiq prezident Dubayga qochishga muvaffaq boʻlib, umrini oxirigacha muhojirlikda yashadi.
Qayd etish kerak, Parvez Musharraf 2003-2005-yillar davomida uchta suiqasddan omon qolgan. Pokiston razvedka idoralariga koʻra, yana 14 ta suiqasdning oldi olingan