So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xitoy “aygʻoqchi” sharining urib tushirilgani aks etgan video eʼlon qilindi
Xitoyliklar mazkur qurilma yordamida AQSHdagi strategik obyektlarni kuzatishda foydalangan.
Fox 10 Phoenix telekanali AQSH osmonida Xitoy “aygʻoqchi” sharining yoʻq qilingani aks etgan videoni eʼlon qildi. Kadrlarda shar qanday portlagani, shundan soʻng uning qoldiqlari pastga tushishini koʻrishingiz mumkin.
Pentagon rahbarining soʻzlariga koʻra, qurilma strategik obyektlarni kuzatishda foydalanilgan.
AQSH prezidenti Jo Bayden oʻtgan chorshanba kuni razvedka sharini urib tushirishga buyruq berganini, biroq Pentagon maslahatiga quloq tutganini va yerdagilarni xavf ostiga qoʻymaslikka qaror qilganini aytdi.
“Chorshanba kuni, menga shar haqida xabar berilganida, men Pentagonga uni chorshanba kuni imkon qadar tezroq urib tushirishni buyurdim.
Pentagon amerikaliklarni xavf ostiga qoʻymaslik uchun havo sharini suv ustida urib tushirish zarur deb qaror qildi”, — dedi Bayden.
Eslatib oʻtamiz, mazkur voqeadan keyin AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga tashrifini keyinga qoldirdi.