So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Bayden ISHID yetakchisi oʻldirilganini eʼlon qildi
ISHID yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy chorshanba kuni AQSHning Suriya shimoli-gʻarbidagi aksilterror reydi chogʻida oʻldirildi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden maʼlum qildi.
CNNʻga koʻra, 2019-yilda ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy oʻldirilgan operatsiyadan keyin AQSHning mamlakatdagi eng yirik reydi boʻldi.
Bayden maʼmuriyati vakillarining soʻzlariga koʻra, AQSH qurolli kuchlari uning qarorgohiga yaqinlashayotganda Qurayshi oʻzini portlatib yuborgan. Portlash natijasida koʻplab tinch aholi qurbon boʻlgan.

Bayden payshanba kuni ertalab Oq uyda nutq soʻzlab, operatsiya terrorchilarning asosiy yetakchisi jang maydonidan yoʻq qilinganini eʼlon qildi.
“Askarlarimiz jasorati tufayli bu vahshiy terrorchilar yetakchisi yoʻq qilindi. Terrorchi oʻzini oilalari, jumladan, bolalari bilan oʻrab olishni tanlaganini bilib, biz uni havo hujumi bilan nishonga olishdan koʻra, maxsus kuchlar reydini oʻtkazishni tanladik”, — dedi u.
Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi chorshanba oqshomida bergan bayonotida, missiya Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlar va harakatlarni nazorat qiluvchi AQSH Markaziy qoʻmondonligi tomonidan amalga oshirilganini aytdi.