So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonlik erkak Rossiyada yetim qizni zoʻrladi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda ayblanuvchi hibsga olingan.
Rossiyaning Kamchatka oʻlkasida Oʻzbekiston fuqarosi yetim qizni zoʻrladi. Bu haqda “Moskovskiy komsomoles” xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, maktab-internat direktori huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. U oʻz arizasida 27 yoshli ishsiz oʻzbekistonlik yigit voyaga yetmagan qizni zoʻrlaganini yozgan. Taʼkidlanishicha, ushbu jinoyat “Seroglazka” mikrorayonida joylashgan hammom binosida sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi (zoʻrlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, oʻzbekistonlik hibsga olingan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq oʻzbekistonlik erkak AQSHda hamyurtini otib oʻldirgan edi. Shuningdek, Moldovada oʻzbekistonlik erkak qoʻlga olingandi.