So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qozogʻiston politsiyachilari oʻzbekistonlik erkakni 200 ming tenge va oltita qoʻy evaziga sotib yuborishdi
Bir necha oy tutqunlikda saqlangan erkakning hayoti xavf ostida. U Qozogʻiston prezidentiga murojaat qildi.
Qozogʻiston politsiyachilari 200 ming tenge va oltita qoʻy evaziga oʻzbekistonlik erkakni qul sifatida sotib yuborgan. Bu haqda NewTimes.kz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston fuqarosi Qozogʻistonda 10 yildan beri yashab kelgan, ammo orada shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini yoʻqotib qoʻygan.
Dastlab mahalliy politsiyachilar undan 200 ming tenge soʻrashgan, lekin erkak ularning talabiga koʻnmagan. Shundan soʻng, Jatas tumani politsiyachilari uni doʻpposlab, 200 ming tenge va 6 ta qoʻy evaziga sotib yuborishgan.
Oʻzbekiston fuqarosi bir necha oy davomida nomaʼlum shaxslar tomonidan muntazam ravishda majburan mehnatga jalb etilgan. Keyinchalik u zoʻravonlarda qochib ketib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
“Ushbu murojaatim Prezidentgacha yetib borishi uchun barchadan videoni kengroq tarqatishni iltimos qilaman. Menda uch nafar bolam bor. Menga nima ish boʻlsa, barchasini qildirishdi, bunday hayotdan charchab ketdim. Endi ular meni qidirishmoqda va oʻldirish bilan tahdid qilishmoqda. Muxtaram prezident meni qutqaring”, — deydi u.
Mazkur holat yuzasidan Qozogʻiston Jinoyat kodeksining 362-moddasi 4-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov alohida nazoratga olindi.