So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Isroilda oʻn minglab isroilliklar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Bu sud-huquq islohoti rejasi eʼlon qilinganidan keyin toʻrtinchi miting boʻldi, ommaviy namoyishga 130 mingdan ortiq odam toʻplangan.
Tel-Avivda shanba kuni Bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumatining sud-huquq islohotiga qarshi oʻn minglab muxoliflari navbatdagi norozilik namoyishini oʻtkazdi, deb xabar bermoqda Jerusalem Post.
“Shanba kuni kechqurun oʻn minglab isroilliklar hukumatning sud-huquq islohotiga qarshi norozilik namoyishlarini oʻtkazdi
”, — deyiladi xabarda.
Gazetaning yozishicha, koʻplab namoyishlar Sharqiy Quddusdagi ibodatxonaga hujumda halok boʻlganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlangan. Haaretz nashriga koʻra, namoyishlarda Isroil boʻylab 60 mingga yaqin odam qatnashgan.
4-yanvar kuni yangi tayinlangan Adliya vaziri Yariv Levin Isroil Oliy sudini maʼlum vakolatlardan mahrum qiladigan va parlamentariylarga uning qarorlariga eʼtiroz bildirish huquqini beruvchi islohot rejasini eʼlon qildi.
Maʼlumot oʻrnida, Netanyaxu boshchiligidagi hukumat 2022-yil dekabr oyi oxirida qasamyod qildi. Avvalroq Netanyaxu 1996-1999 va 2009-2021-yillarda Isroil bosh vaziri lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, bu sud-huquq islohoti rejasi eʼlon qilinganidan keyin toʻrtinchi miting boʻldi, ommaviy namoyishga 130 mingdan ortiq odam toʻplangan.