So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Malavida vabodan vafot etganlar soni ming kishidan oshdi
Afrika qitʼasining eng qashshoq davlati hisoblanadigan — Malavi yigirma yil ichida eng yomon vabo epidemiyasini boshdan kechirmoqda.
Malavida 2022-yil mart oyida boshlangan vabo epidemiyasi oqibatida 1000 dan ortiq oʻlim qayd etilgan. Bu haqda CNN mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Malavi Sogʻliqni saqlash vazirligi bayonotiga koʻra, epidemiya boshlanganidan beri qayd etilgan holatlar soni 31,241 ga, vafot etganlar soni 1,023 ga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vaziri Xumbize Chiponda payshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida soʻnggi bir oy ichida vabodan oʻlganlar soni ortganini aytdi.
(FOTO. Xumbize Chiponda / Malavi Sogʻliqni saqlash vaziri (manba -The Africa brief)
“Toʻrt hafta ichida ularning (oʻlganlar — tahr) soni ikki baravar koʻpaydi
”, - dedi u.
Malavi hukumatining maʼlumot berishicha, 26-dekabr holatiga bakterial kasallikdan oʻlganlarning umumiy soni 486 nafarni tashkil qilgan.
Chipondaning (Malavi Sogʻliqni saqlash vaziri) aytishicha, qurbonlarning 66 foizi erkaklar, ammo eng achinarlisi vabodan bolalar ham nobud boʻlmoqda.
“Biz 11 nafar maktab bolalarini ham yoʻqotdik...
”, — dedi u.
Vazir Malavi yigirma yil ichida eng yomon vabo epidemiyasini boshdan kechirayotganini taʼkidladi.
“Oxirgi marta bizda vabo kasalligi 2002-yilda boʻlgan
”, — deb qoʻshimcha qildi u.
Qayd etilishicha, hozirgi oʻlim darajasi 2001-yildan 2002-yilgacha boʻlgan davrda 900 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan mamlakatdagi eng yirik vabo epidemiyasidan oshib ketdi.
Malavi Sogʻliqni saqlash vazirligi hozirda vabo bilan kasallangan 1126 kishi kasalxonalarga yotqizilganini maʼlum qildi va mamlakatdagi barcha 29 sogʻliqni saqlash okrugi epidemiya boshlanganidan beri kasallikdan zarar koʻrganini qoʻshimcha qildi.
Vazirlik, shuningdek, odamlarni vabo qurbonlarining jasadlari bilan muomala qilish va ularni dafn etishga tayyorlashda ehtiyot boʻlish haqida ogohlantirgan.
Kasallik yillar davomida pasayib bormoqda, ammo 2022-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun dunyo boʻylab vabo tarqalishiga oʻz xavotirini bildirdi.
Vabo — “Vibrio cholerae” bakteriyasi keltirib chiqaradigan ingichka ichakning yuqumli kasalligi hisoblanadi. Unga chalingan odamda suvli diareya, qusish va mushaklarning ogʻrigʻi kabi belgilar bilan namoyon boʻlishi mumkin.
Global sogʻliqni saqlash muassasalari va hukumatlarning chora-tadbirlari natijasida yillar davomida kamayib borayotgan vabo holatlari iqlim oʻzgarishi, qashshoqlik va turli mojarolar sababli yana keng tarqala boshladi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, 2017-yildan 2021-yilgacha dunyo boʻylab vabo bilan kasallangan mamlakatlar soni 20 tadan past boʻlgan. 2022-yilga kelib esa vabo epidemiyasi 26 mamlakatda kuzatilgan.