So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Saidov va Chavushoʻgʻlu Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi
Tashqi ishlar vazirlari bir nechta masalani muhokama qilishgan, jumladan Oʻzbekiston tomoni yana qoʻshni Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan.
2023-yilning 24-yanvar kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mevlut Chavushoʻgʻluning ikki tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Chavushogʻlu Oʻzbekistonning IHTga raisligi Tashkilot doirasidagi oʻzaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, uning jahon maydonidagi nufuzini oshirishga xizmat qilganini taʼkidladi.

Boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishlariini oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.
Afgʻonistondagi mavjud vaziyat va mintaqaviy siyosatning boshqa masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.