So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi gaz kelishuvida siyosiy shartlar yoʻq”, – Peskov Energetika vazirining soʻzlarini tasdiqladi
Bir necha kun muqaddam Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov mahalliy OAVga bergan intervyusida Rossiya bilan tabiiy gaz boʻyicha hamkorlik hech qanday siyosiy shartlar asosida emas, faqatgina tijoriy kelishuv boʻyicha shartnoma tuzilishini aytgan edi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham vazirning ushbu soʻzlarini tasdiqladi.

“Hech kim gaz evaziga siyosiy shartlar qoʻyayotgani yoʻq. Gap faqatgina ishtirokchi mamlakatlar manfaatlarini koʻzlagan holda tijoriy kelishuv haqida ketyapti. Bu boradagi ishlar davom etmoqda”, deya taʼkidladi Peskov.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi gaz boʻyicha uch tomonlama hamkorlik haqida toʻxtaldi.
“Har qanday davlat oʻz energoresurslarini sotishda tijoriy shartnomalarga asoslanadi. Hech kim gaz evaziga siyosiy shartlar qoʻyilishi haqida gapirmadi, bu haqda umuman gap boʻlishi mumkin emas”, – dedi u.