So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Rossiya yadro qoʻllasa, jiddiy xatoga yoʻl qoʻygan boʻladi” – Bayden Putinga javob qaytardi
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning yadroviy qurolga ishora qilishda davom etishi ularni ishlatish niyati yoʻq degan daʼvolarga zid ekanligini aytdi.
“Valday” munozara klubining nutqi chogʻida Rossiya prezidenti Moskva Ukrainaga yadroviy zarba berish rejasi yoʻqligini aytdi.
Shuningdek, Putin Rossiya Federatsiyasi yadro qurolidan foydalanishi mumkin deganlarni Rossiya harbiy doktrinasi bilan tanishib chiqishga taklif berdi.
“Oʻylashimcha, agar uning niyati yoʻq boʻlsa, nega u bu haqda gapirishda davom etmoqda? Nega u taktik yadro qurolini qoʻllash imkoniyati haqida gapiradi. U bunga oʻta xavfli yondashgan. Rossiya Ukrainani tark etish orqali bularning barchasini yakunlashi mumkin”, — Bayden Newsnation nashriga bergan intervyusida.
Qayd etish joiz, AQSH rahbari oʻzining soʻzlarida bir necha bor Rossiya tomonidan yadroviy qurol xavfi borligini aytgan edi.
“Agar Rossiya taktik yadro qurolini qoʻllasa, nihoyatda jiddiy xatoga yoʻl qoʻyadi. Men bu soxta bayroq operatsiyasi emasligiga kafolat bera olmayman, lekin bu jiddiy, jiddiy xato boʻladi”, — degan edi Bayden.