So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Nursulton Nazarboyevning yuragi operatsiya qilindi
Operatsiya mashhur kardiojarroh Yuriy Pya rahbarligida Milliy ilmiy kardiojarrohlik markazida oʻtkazilgan.
Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning yuragi operatsiya qilindi. Bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay Twitterʻda eʼlon qildi.

“Nursulton Nazarboyevning yuragida jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi. Birinchi Prezident hayotiga hech qanday tahdid yoʻq. Hozir u kuzatuv ostida”, - deb yozdi Aydos Ukibay.
Uning soʻzlariga koʻra, operatsiya mashhur kardiojarroh Yuriy Pya rahbarligida Milliy ilmiy kardiojarrohlik markazida oʻtkazilgan.
Qayd etish joiz, Nursulton Nazarboyev avvalroq 2011-yilda umurtqa pogʻonasida ogʻir operatsiya qilinganini aytgan edi.
“8-mart kuni biz konsertda oʻtirdik. Konsert tugadi, oʻrnimdan turdim, tamom. Oyogʻimni qimirlata olmayman. Nimadir tiqilib qoldi, boʻldi. Men xavfsizlik xodimini taklif qildim “Oldimga tur” dedim. Uning qoʻlini ushlab sekingina chiqib ketdim” — degan edi Nazarboyev.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq sobiq prezidentdan Elboshi maqomi, yaʼni u va uning oilasi daxlsizlik huquqidan mahrum boʻlgan edi.