So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
AQSHda 18 yoshli talaba shahar meri etib saylandi

18 yoshli Jalen Smit Arkanzas shtatining Erl shahri meri etib saylandi. Bu haqda NBC xabar bermoqda.
Yaqinda oʻrta maktabni tamomlagan 18 yoshli amerikalik yigitcha telekanalga bergan intervyusida saylovda gʻalaba qozonishiga ishonchi komil ekanligini bilgan boʻlsa-da, natijani koʻrib hayratda qolganini yashirib oʻtirmadi.
“Men juda minnatdorman! Men gʻalabani huddi tentaklar kabi nishonladim. Bu tangri tomonidan berilgan tuhfa”, — deydi u.
The Hill xabariga koʻra, Smit 218 ta, uning raqibi Nemi Metyu Sr esa 139 ta ovoz olgan. Shu tariqa, u saylovlarda gʻalaba qozongan birinchi afro-amerikalik merga aylandi.
Smitning yangi lavozimidagi yaqin rejalari transport, jamoat xavfsizligi va shaharda yirik oziq-ovqat doʻkonini ochish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish.
“Bizda ancha oldin bitta doʻkon bor edi, lekin u yopildi. Keksalarning oziq-ovqat uchun Gʻarbiy Memfisga borish va qaytish uchun transporti yoʻq. Shunday ekan, shaharda oziq-ovqat doʻkoni boʻlsa yaxshi boʻlardi”, — deydi u.



