So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonlik erkak AQSHda hamyurtini otib oʻldirdi
Hozirda vatandoshini oʻldirgan A.G huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
AQSHda Oʻzbekiston fuqarosi vatandoshini 5 ming dollar evaziga otib tashladi. Bu haqda Fox 35 xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur hodisa 16-yanvar kuni Florida shtatining Oseola okrugida sodir boʻlgan. Tergovchilarning aytishicha, ikki oʻzbekistonlik erkak oʻrtasida 5000 dollar ortidan ziddiyat kelib chiqqan.
Natijada dahanaki jang mushtlashuvga aylanib, jabrlanuvchi gumonlanuvchini yuziga musht tushurgan. Gumonlanuvchi esa mashinadagi qurolni olib, hamyurtini qarata oʻq uzgan, oqibatda B.N kasalxonada jon bergan.
Hozirda vatandoshini oʻldirgan A.G huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moldovada terrorchilik jinoyatlarini sodir etganlikda gumonlangan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olingan edi.