So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Batka”ning ashaddiy dushmani Tixanovskaya 15 yilga qamalishi mumkin
Hozirda Litva poytaxti Vilnyusda yashovchi Tixanovskaya Reuters agentligiga bergan intervyusida sud adolatli oʻtishiga ishonmasligini aytgan.

Belarusning quvgʻindagi muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya sud oldida javob beradi, u davlatga xiyonat qilishda ayblanmoqda, deya xabar bermoqda Reuters nashri.
Xabaringiz bor, 40 yoshli Tixanovskaya 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Lukashenkoga raqib boʻlganidan soʻng Belorussiyadan qochib ketgan.
Saylovda amaldagi Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga magʻlub boʻlgach, “Batka”ni saylov soxtalashtirilganlikda aybladi.
Shundan soʻng mamlakatda keng koʻlamli norozilik namoyishlari boshlandi. Muholifat rahbariga hozirda oʻta ogʻir jazo qoʻyildi, u 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Hozirda Litva poytaxti Vilnyusda yashovchi Tixanovskaya Reuters agentligiga bergan intervyusida sud adolatli oʻtishiga ishonmasligini aytgan.
“Belarusda halol sudlar yoʻq. Biz mamlakatimizda mutlaqo qonunbuzarlik sharoitida yashayapmiz, shuning uchun ertangi sud haqiqiy boʻlmaydi, “fars va shou boʻladi
”, — dedi Tixanovskaya.
Uning aytishicha, u sud tomonidan tayinlangan advokatdan kerakli hujjatlarni soʻragan, ammo hech narsa olmagan. BELTA davlat axborot agentligining xabar berishicha, sud seshanba kuni ertalab boshlangan. Tixanovskaya va yana bir qancha shaxslar davlatga xiyonat va hokimiyatni egallab olishga urinishda ayblanmoqda.
“Tixanovskaya, Litva Respublikasi hududida boʻlib, oʻzini soʻnggi saylovlarda gʻolib deb eʼlon qildi
...”, - dedi Bosh prokuratura.
Sud boshlanishidan bir kun oldin 2020-yilda Lukashenkoga qarshi kurashmoqchi boʻlgan 44 yoshli vloger, Tixanovskayaning qamoqdagi turmush oʻrtogʻiga yangi jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Huquq faollarining hisob-kitoblariga koʻra, Belarusda 1500 ga yaqin odam siyosiy ayblovlar bilan qamalgan. Shu jumladan, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Ales Bialiatski va yana ikki kishini norozilik namoyishlarini moliyalash va pul kontrabandasida ayblab, qamoqqa oldi.
Ular norozilik namoyishlarini moliyalash va pul kontrabandasida ayblanib, 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.



