So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Italiyada 30 yildan beri qiduruvda boʻlgan mafiya boshligʻi qoʻlga olindi
“U Sikku” (qiltiriq) laqabi bilan mashhur boʻlgan Messina xalqni larzaga solgan jinoyatlarda ishtirok etgani uchun sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi
Italiyada uzoq yildan buyon qidiruvda boʻlgan mafiya boshligʻi Matteo Messina Denaro dushanba kuni Sitsiliyadagi xususiy shifoxonada politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 60 yoshli Messina Denaro Palermodagi La Maddalena kasalxonasida saraton kasalligidan davolanayotgan boʻlgan. Shuningdek mafiya boshligʻini kasalxonaga olib borgan ikkinchi shaxs qochqinga yordam berganlikda gumonlanib, voqea joyida hibsga olingan.
<em>“Biz tergov ishida unga qarshi koʻplab dalillarni toʻpladik. Natijada u qoʻlga olindi”, — dedi Palermo prokurori Mauritsio de Lucia.</em>
Messina Denaro tergoviga rahbarlik qilgan sudya Paolo Guido, Messinaning himoyachilari tarmogʻini yoʻq qilish orqali, muvaffaqiyatga erishilgan.
Maʼlumot oʻrnida, “Shaytoncha” va “U Sikku” (qiltiriq) laqabi bilan mashhur boʻlgan Messina Denaro 1992-yilda mafiyaga qarshi kurashgan prokurorlar Jovanni Falkon va Paolo Borselinoning oʻldirilishi va xalqni larzaga solgan jinoyatlarda ishtirok etgani uchun sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.