So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Dneprdagi koʻp qavatli binoga raketa tushdi. 14 kishi oʻldi, 26 kishi vayronalar ostida qolgan
Ushbu mashʼum voqeadan soʻng shaharda uch kunlik motam eʼlon qilingan.

Dneprda koʻp qavatli binoga raketa tushdi. 14 kishi oʻldi, 26 kishi vayronalar ostida qolgan Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning Dnepr shahriga raketali hujum uyushtirdi, tinch aholi halok boʻldi.
Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari vakili Yuriy Ignatning maʼlum qilishicha, Rossiyaning X-22 raketasi Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti tomonidan otilgan Dneprdagi koʻp qavatli binoga kelib urilgan.
Rossiya bu raketalarni 5, 12 va 29-dekabr kunlari va undan oldin Ukrainaga qarshi hujumlarda ishlatgan.
“Xuddi shu turdagi raketa iyul oyida Kremenchukdagi savdo markaziga tushib, 20 kishi halok boʻlgan edi. Bugun Rossiya Ukrainada beshta shunday raketa uchirdi”, — deya qoʻshimcha qildi Ignat.
Ushbu mashʼum voqeadan soʻng shaharda uch kunlik motam eʼlon qilingan. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, vayronalar ostidan 14 kishining jasadi topilgan, jumladan 15 yoshli qizning ham.
“Yana 26 kishi koʻp qavatli bino vayronalari ostidan qidirishni davom ettirmoqda, ularning taqdiri nomaʼlum, qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Jarohatlanganlar soni 73 nafarga yetdi, ulardan 14 nafari bolalar", - dedi viloyat harbiy boshqarmasi boshligʻi Valentin Reznichenko
Rossiya tomonidan uyushtirilgan hujumga Ukraina Prezidenti zudlik bilan munosabat bildirdi.
“Rossiya terrori qurboni boʻlganlarning barchasi abadiy xotiramizda qoladi! Dunyo bu yovuzlikni toʻxtatishi kerak. Dneprdagi vayronalarni tozalash davom etmoqda. Barcha xizmatlar ishlayapti. Biz har bir inson, har bir hayot uchun kurashamiz. Biz bu terrorga aloqador barchani topamiz. Hamma javobgar boʻladi”, — deb yozdi Zelenskiy.



