So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buyuk Britaniya Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tankini joʻnatadi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Zelenskiyga yil boshida bergan vaʼdasini bajarishga kirishdi.
Buyuk Britaniya yaqin haftalarda Ukrainaga 14 ta Challenger 2 tankini joʻnatadi, deyiladi Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning idorasi bayonotida.
Maʼlum boʻlishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Vladimir Zelenskiy bilan suhbat chogʻida unga Challenger 2 tanklarini Ukrainaga topshirish qarori haqida maʼlum qildi.“Yaqin haftalarda 14 ta tankdan iborat eskadron mamlakatga (Ukrainaga – tahr.) joʻnab ketadi”, — deyiladi press-relizda.
Buyuk Britaniya yaqin kunlarda Ukraina qoʻshinlarini Kiyevga topshirilayotgan tanklardan qanday foydalanish boʻyicha oʻqitishni boshlaydi.
Tanklarni joʻnatgandan soʻng, Britaniya Ukrainaga 30 ga yaqin AC90 oʻziyurar gaubitsalarini beradi.
“Bosh vazir ittifoqchilarni maksimal samaraga erishish uchun 2023-yilga moʻljallangan yordamni imkon qadar tezroq yuborishga chaqiradi”, — deyiladi press-relizda.
Bundan tashqari, bayonotda aytilishicha, Sunak Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesga Ukrainaga harbiy yordam berish masalasini muhokama qilish uchun Yevropalik ittifoqchilarni birlashtirish vazifasini topshirgan.