So`ngi yangiliklar
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ovdir!
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi va unda bildirilgan taklif va tashabbuslarni diqqat bilan kuzatib borgan inson sifatida aytishim mumkinki, haqiqatdan ham so‘nggi yillarda bu borada bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi va unda bildirilgan taklif va tashabbuslarni diqqat bilan kuzatib borgan inson sifatida aytishim mumkinki, haqiqatdan ham so‘nggi yillarda bu borada bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratildi.
Parlament palatalarining mas’uliyati oshirilib, joylarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ham bu jarayonlardagi ishtiroki kengaydi. Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilganligi, ya’ni ommaviy axborot vositalari bu borada o‘z fikrlarini ochiq hech kimdan cho‘chimasdan yoritayotganligidir. Ushbu o‘zgarishlarning eng muhimlaridan biri bu “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinganligidir. Ushbu qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini belgilab, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Qolaversa, Prezident farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Bu agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli organ sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek, xalqaro darajada BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi va Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu xalqaro hamkorlik mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar natijasida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi sezilarli darajada takomillashtirildi va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilmoqda.
Yig‘ilishda Davlat rahbari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan yangi vazifalarni ham belgilab berdi. Jumladan, endilikda tumanlar darajasiga tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganiladi. Sababi, korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallada maishiy korrupsiya shaklida sodir etilyapti.
Quyi tizimda ishlar samaradorligini oshirishda esa NNTlar ishtiroki ham muhim sanaladi. Shu bois, Prezident jamoatchilik vakillari va nodavlat tashkilotlariga murojaat qildi. Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa ekanligi, har bir vatanparvar o‘zbekistonlikning vijdon ishi ekanligini ta’kidladi. Bu borada nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati yanada jonlantirilib, bunga keng jamoatchilikni ham jalb qilinishi belgilandi.
Shuningdek, parlament nodavlat tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ularning imkoniyatlaridan keng foydalanishi belgilandi. Ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga har yili 10 milliard so‘mdan ajratib boriladi.
Zero, asosiy maqsad jamiyatda aholi ongida korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik tuyg‘ularini chuqur shakllantirish, pirovardida islohotlar aholining farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishiga erishishdir.
Shaxnoza IXTIYAROVA
Buxoro viloyati «Oydin Nur» oilani ijtimoiy himoyalash markazi direktori



