Qidirish

22:39 / 2024-12-11 827 0 Jamiyat

Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘lgan OKMKda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 4 mlrd dollardan oshdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – mis-molibden, polimetall va oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda yetakchi sanalib, mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta yirik korxona safiga kiradi. Davlatimiz rahbarining tog‘-kon sanoatiga bo‘lgan e’tibori tufayli kombinat modernizatsiyasi amalga oshirilmokda. Buning dalili sifatida raqamlarga murojaat qilamiz. 2012-2016 yillarda kombinat barqarorligi uchun 123 mln dollar sarflangan. 2017-2024 yillarda ushbu mablag‘ 35 baravarga oshib, 4,5 mlrd dollarga yetdi. Bu esa o‘z navbatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmlarini 1,8 baravarga, mahalliylashtirish darajasini esa 7,7 baravarga oshirishga zamin yaratdi.

world-news

Bugun, 11 dekabr kuni OKMK mas’ullari, mutaxassislari va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida OKMKda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining ijrosi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati – mis-molibden, polimetall va oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoda yetakchi sanalib, mis mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi 30 ta yirik korxona safiga kiradi.

Hozirgi paytda 2030 yilgacha kombinatni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda. Uning doirasida ““Yoshlik-1” konini” o‘zlashtirish va 3-Mis boyitish fabrikasini qurish olib borilmoqda. Shuningdek, yangi metallurgiya majmuasini loyihalashtirish va qurish ishlari boshlanmoqda.

Mazkur loyiha O‘zbekiston tarixidagi eng yirik investitsiya loyihalaridan biridir. Uning amalga oshirilishi natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati bir necha barobarga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu o‘z navbatida respublika yalpi ichki mahsuloti hajmi o‘sishiga ham xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbarining tog‘-kon sanoatiga bo‘lgan e’tibori tufayli kombinat modernizatsiyasi amalga oshirilmokda. Buning dalili sifatida raqamlarga murojaat qilamiz. 2012-2016 yillarda kombinat barqarorligi uchun 123 mln dollar sarflangan. 2017-2024 yillarda ushbu mablag‘ 35 baravarga oshib, 4,5 mlrd dollarga yetdi. Bu esa o‘z navbatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmlarini 1,8 baravarga, mahalliylashtirish darajasini esa 7,7 baravarga oshirishga zamin yaratdi.

2030 yilga borib OKMKda ishlab chiqarish quvvatlarini, jumladan misni 500 ming tonnaga, oltin 50 tonnaga, kumush ishlab chiqarishni 270 tonnagacha oshirish maqsad qilingan. Bugungi kunga qadar 4 mlrd dollardan ortiq investitsiyalari o‘zlashtirildi.

Ushbu yirik investitsiyaviy loyihani yakuniga yetkazish natijasida esa OKMKdagi ma’dan koni kattaligi bo‘yicha dunyoda eng yirik kon maqomiga ega bo‘ladi.

Ushbu yo‘nalishda 2025 yilda 60 mln tonna quvvatga teng 3-Mis boyitish fabrikasi, 180 ming tonna quvvatga teng 6-son sulfat kislotasi sexi va Mis boyitish fabrikasida to‘liq avtomatlashtirilgan yangi nasos-gidrosiklon uskunalari foydalanishga topshiriladi. Hozirda 4-Mis boyitish fabrikasi va yangi metallurgiya majmuasi qurilishi doirasida uskunalar yetkazib berish boshlanadi.

Bundan tashqari, OKMK muqobil elektr manbalariga o‘tish maqsadida, Namangan viloyatidagi 500 MVt quyosh fotoelektr stansiyasidan 2026 yildan elektr energiyani harid qilishga kelishildi. Shuningdek, Toshkent viloyatida quriladigan 150 MVt FES ham kombinatga elektr energiyani 2027 yildan boshlab yetkazib berishni boshlaydi.

Yildan-yilga rivojlangan mamlakatlarning yirik ishbilarmonlari OKMKga qiziqish bildirmoqda. Xususan, so‘nggi bir yil ichida kombinat rahbariyati va mutaxassislari Yaponiya, Koreya, Germaniya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Singapur kabi rivojlangan davlatlarning yuzlab investorlari bilan muloqot olib borib, yangi investitsion va innovatsion loyihalar ustida ish olib borishmoqda.

Misol uchun OKMK respublikada birinchilardan bo‘lib davlat kafolatisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy kreditlarni jalb qilishni boshlagan bo‘lib, 2024 yilda ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi  1,8 mlrd dollarga yetadi. Bu esa, o‘z navbatida, chet-el banklarining kombinatning moliyaviy holatiga ishonchi yuqori ekanidan dalolat beradi.

Shuningdek, matbuot anjumanida 4-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi. Ushbu fabrikaning qurilishiga joriy yilning 15-oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida start berilgan edi.

 4-sonli MBFning ishga tushirilishi natijasida mis ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshadi. Bu esa misdan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Fabrika va uning infratuzilmalari foydalanishga topshirilganidan so‘ng, 3 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. Fabrikada yiliga 60 mln tonna ma’dan qayta ishlanib, 800 ming tonnadan ortiq mis konsentrati ishlab chiqariladi. Hozirda mutaxassislar tomonidan loyihaoldi ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiborga molik jihati ushbu fabrika ishlab chiqarish jarayonida yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishi belgilangan bo‘lib, fabrikada zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish