So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Hayoti va sogʻligʻi bevosita xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qoʻyiladi
Bu boʻyicha qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Unga koʻra, bolani zudlik bilan olib qoʻyish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.
Bola olib qoʻyilganda, vakolatli davlat organi quyidagilarni taʼminlashi shart:
zudlik bilan prokurorga xabar berishi;
bolaning vaqtincha joylashtirilishini taʼminlashi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan bolani olib qoʻyish haqida hujjat qabul qilinganidan keyin 7 kun ichida ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat etishi.
Bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, u quyidagi joylarga (joylashtirish ustuvorligi tartibida) joylashtirilishi mumkin:
bolaning manfaatlariga muvofiq shart-sharoitlar yarata oladigan ota-onaning birinikiga;
bolaning qarindoshlarinikiga;
bolaga gʻamxoʻrlik koʻrsatish istagini bildirgan shaxsnikiga;
vakolatli davlat organining hisobida turgan shaxslarnikiga;
tibbiyot muassasasiga (bolaning sogʻligʻida muammolar boʻlganda);
zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan
muassasalarga.
Agar bolani oilaga joylashtirish imkoniyati boʻlmasa, uni ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirish eng oxirgi chora boʻladi.
Mazkur qonun 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi.