So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Soljenitsin romanidagi sobiq saraton boʻlimi binosi buzib tashlandi. SSV bu boʻyicha bayonot berdi
Buzilgan bino oʻrnida endokrinologiya markazi uchun avtoturargoh qurish rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent stomatologiya instituti klinikasiga qarashli bolalar jagʻ xirurgiyasi boʻlimi binosi Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi bilan buzib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlik bino buzilishiga oid barcha maʼlumotlarni ochiqladi.
Bino nega buzildi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi yigʻilish bayoni bilan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi binosi negizida Respublika endokrinologiya markazini tashkil etish belgilangan.
Unda Yashnobod tumanining Maxtumquli koʻchasi 103-uyda joylashgan korpuslarni xatlovdan oʻtkazish, shaharsozlik talablariga javob bermaydiganlarini koʻchirish, buzish hamda oʻrnida qoʻshimcha qurilish ishlarini olib borish koʻzda tutilgan.
Bu yerda nima quriladi?
Bino oʻrnida loyiha-smeta hujjatlariga asosan endokrinologiya markazi uchun avtoturargoh qurish rejalashtirilgan.
Avtoturargoh nega kerak?
Endokrinologiya markazining yangi binosi qariyb 600 oʻringa, bolalar va kattalar maslahat poliklinikasi 500 oʻringa moʻljallangan.
Har kuni muassasaga oʻrtacha 400 nafarga yaqin bemor yaqinlari kelib ketadi. Shuningdek, markaz ishga tushgach, bu yerda 1000 nafarga yaqin tibbiyot xodimi faoliyat yuritadi.
Bu esa oʻz-oʻzidan shifoxonaga kelib-ketuvchi avtotransport vositalarining muassasa hududida toʻxtab turishi va bemorlarga halal bermay harakatlanishi uchun katta va qulay avtoturargoh boʻlishini taqozo etadi.
Bu eski binoni buzishda masʼul tashkilotlardan xulosa olinganmi?
Madaniy meros agentligi Toshkent shahar boshqarmasining ushbu bino madaniy meros obyekti emasligi toʻgʻrisidagi tegishli xati, “Sentr Ekspertiza Kontrolnogo Obmera 110” MCHJning texnik hisoboti olinib, buzish ishlari boshlangan. Buyurtmachi – vazirlik qoshidagi “Tibbiyot qurilish injiniring” davlat unitar korxonasi.
Mazkur bino madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilganmi?
Madaniy meros agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bergan maʼlumotga koʻra, ushbu inshoot madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilmagan.
Nega Qurilish vazirligi qoshidagi inspeksiya xulosasi olinmagan?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-sonli va 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qarorlariga asosan Qurilish vazirligi huzuridagi inspeksiya faqatgina ikki tomonlama shartnoma qilinib, roʻyxatdan oʻtkazilgan obyektlarda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qiladi.
Obyektlarning yaroqli yoki yaroqsizligini tekshirib, xulosa berish Qurilish vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyaga ega davlat yoki nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. “Sentr Ekspertiza Kontrolnogo Obmera 110” MCHJga shunday litsenziya 2021-yil 19-dekabrda berilgan.
Nega bino buzish uchun auksionga qoʻyilmagan?
Bino buzilgunga qadar bu yerda bolalar jagʻ xirurgiyasi boʻlimi faoliyat yuritgan. Mazkur inshoot Davlat aktivlarini boshqarish agentligining boʻsh turgan obyektlar roʻyxatiga kiritilmagani va “Sentr Ekspertiza Kontrolnogo Obmera 110” MCHJ xulosasiga koʻra yaroqsiz deb topilgani uchun uni baholash, auksionga chiqarish tadbirlari amalga oshirilmagan.
Endi Bolalar jagʻ xirurgiyasi boʻlimi qayerda faoliyat yuritadi?
Ushbu boʻlim faoliyati umuman toʻxtab qolmagan. Hozirda ular Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining boshqa binosida toʻliq va avvalgidan koʻra yaxshi sharoitda faoliyat yuritmoqda.
Shahnoza Soatova Sogʻliqni saqlash vazirligining bayonotiga munosabat bildirdi.
“Sogʻliqni saqlash vazirligi holat boʻyicha izoh berib, kutilganidek, obyekt meros sifatida roʻyxatda turmaganini aytyapti. Shifokorlar kaltaklanayotgan, xalq orasida ularga ehtiromni kuchaytirish haqida koʻp gapirilayotgan zamonda bu ishlar gʻalati.
Nahotki shifokorlar oʻzlarining ijobiy qiyofasi yaratilgan, faoliyatiga hurmat uygʻotuvchi olamshumul dovrugʻli “Saraton korpusi” asarini oʻqishmagan?
Oʻqishganida ushbu binoda shifokorlar obroʻsini koʻtaruvchi obyekt sifatida foydalanmasmidilar, uni buzish emas, aksincha, tarixiy-madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritib, asrab-avaylash chorasini koʻrmasmidilar?”, — deb yozdi u.



