So`ngi yangiliklar
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Amudaryoning quyi oqimida suv tanqisligi kuchaydi. Bu Afgʻonistonning Qoʻshtepaga suv tortib ketishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin
Avvalroq, mart-aprel hamda may oyining 20 kunligida Amudaryo quyi oqimida kuchli suv yetishmovchiligi boʻlgani haqida maʼlum qilingan edi.

Amudaryo havzasi suv xoʻjaligi tashkilotining haftalik hisobotiga koʻra, mayning uchinchi oʻn kunligida ham bu hodisa takrorlangan. Turkmanistonning Dashovuz viloyati, Oʻzbekistonning Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo quyi oqimida kuchli suv tanqisligi kuzatilgan.
Mayning uchinchi oʻn kunligida daryoning Turkmaniston qismidagi quyi oqimida defitsit 0.13 km.kub yoki suv olish limitining 49% ini, Oʻzbekistonda undan ham koʻproq – 0.39 km.kub yoki limitning 65% ini tashkil etdi.
Joriy yil ham sugʻorish davrida ketma-ket 4-yildirki, Amudaryoning quyi oqimida suv tanqisligi sezilarli darajada yuqori boʻlmoqda. Uning choʻqqisi aprel-may oylariga toʻgʻri kelmoqda. Buni daryoning quyi oqimdagi suv tanqisligi bilan bogʻliq jiddiy muammolar koʻpayib borayotganida koʻrish mumkin.
Turkmanistonning Qoraqum kanaliga ham mazkur davr uchun taqsimot kvotalarida belgilangan miqdordan kam suv Amudaryodan “ochib yuborildi”. Masalan, kvota prognozlari boʻyicha 3.1 km.kub suv Qoraqumga chiqarilish koʻzda tutilgan boʻlsa, amalda uning 2 km.kubi kanalga qoʻyib yuborilgan.
Mazkur vaziyat Oʻzbekiston tomonida ham kuzatilgan. Tuyamoʻyin suv omboriga taqsimot prognozlaridan qariyb 0.5 km.kub kam suv kirib kelgan. Amudaryoda suv oldinroq ishlab chiqilgan gidroprogozlarga mos emas. Daryo quyi va oʻrta oqimida kichik davr uchun qariyib 1.5 km.kub suv kam hosil boʻlgan.
Hozirgi davrda gidroprognozlarni oʻzini oqlash darajasining bu darajada yuqori tafovutlarda boʻlishi daryoning yuqori oqimida prognoz ishlab chiqilishida koʻzda tutilmagan biror bir omil tomon yetaklaydi. Bu omil yuqori ehtimol bilan Afgʻoniston shimolida hali qurib bitkazilmagan Qoʻshtepa kanaliga suv tortib ketish bilan bogʻliq vaziyatga borib taqalashi mumkin.



