So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda vabo kasalligi tarqalgani rostmi?
Oʻzbekistonda mavjud ichimlik va ochiq suv havzalari doimiy ravishda mutahassislar tomonidan nazorat qilinmoqda.
Suriya, Afrika va Afgʻonistonda Vabo kasalligi keng tarqalmoqda. Qoʻshni Qozogʻiston Respublikasi aholini kasallikdan himoya qilish maqsadida chegara nazoratini kuchaytirdi.
Vabo Oʻzbekistonga ham kirib kelishi mumkinmi? Respublikada bu holat qanchalik xavfli?
SEO va JSQ boshqarma boshligʻi Rustam Ikromov ushbu savolga javob berdi. Maʼlum qilinishicha, insoniyat tarixida yangi kasallik hisoblanmagan ushbu kasallik hozirda yurtimizda yoʻq. Ushbu infeksiya koʻproq suv va ifloslangan ovqatlar orqali yuqadi.
Vabo daryo suvida 15 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, dengiz suvida 2 hafta, suv havzalarida 15-30 kun, sut va yogʻda 1 oygacha, kartoshkada ikki haftagacha saqlanib turadi. Biroq qaynatilgan suv va boshqa maxsulotlar vabo bakteriyalarini tez oʻldiradi.
“Aynan iqlimi issiq mamlakatlarda hozirda ham tez-tez vabo uchrab turadi. Bu asosan, Afrika davlatlarida. Vabo belgilari bilan salomatlikda qandaydir oʻzgarishlar boʻlayotgan boʻlsa, bizda unga qarshi kurashish va epidemiyani oldini olishda barcha zarur choralar yetarlicha shakllantirilgan”, - deydi Rustam Ikromov.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu kasallikning eng asosiy belgisi — oʻtkir diareya! U odamdan odamga koʻp hollarda suv orqali yuqadi. Shu bois ham Oʻzbekistonda mavjud ichimlik va ochiq suv havzalari doimiy ravishda mutahassislar tomonidan nazorat qilinmoqda.