So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
AI-80 benzinini AI-90 deb sotgan “zapravkalar” aniqlandi. Ular 500 mlnga yaqin zarar yetkazgan
Yonilgʻi sifati avtomobil dvigatelining barqarorligiga bevosita taʼsir qilishini hamma yaxshi biladi. Shu bilan birga, avtobenzin markalari texnik xususiyatlariga koʻra bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida yoqilgʻi quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzinni AI-91 yoki AI-92 markasi ostida sotish holatlari aniqlandi.
Shu sababli Qoʻmita tomonidan Oʻzbekistonning turli hududlarida xususiy korxonalarga qarashli 23 ta yonilgʻi quyish shoxobchalarida sotilayotgan yonilgʻi sifatini aniqlash maqsadida nazorat xaridlari oʻtkazildi, shuningdek, belgilangan hajmdan kam hajmlarda benzin mahsulotini quyib berish holatlari ham oʻrganilgan.
Qonunbuzarliklar Samarqand viloyatidagi “Triada ekspress servis” MCHJ, “Turop Godir” MCHJ va “Muxammad neft oil” MCHJ kabi yonilgʻi quyish shoxobchalarida aniqlandi.
Sirdaryo viloyatidagi “SAID AGSM TEX SERVIS”, “Bekzod-5”, “Murod Maqsad Trans” va ““LUX PETROL” MCHJlarga qarashli yonilgʻi quyish va boshqa shu kabi shoxobchalarda ham bunday holatlar kuzatilgan.
Yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini oʻrganish natijalariga koʻra, benzinni notoʻgʻri sotish, shuningdek, isteʼmolchilarga toʻliq hajmlarda quyib bermaslik natijasida yetkazilgan zarar miqdori qariyb 489 million soʻmni tashkil qilgan.
Ayni paytda Qoʻmita tomonidan isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplash va qayta hisob-kitob qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Qoʻmita tomonidan birja auksionlarida xarid qilingan va yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali sotilayotgan AI-80 markali benzin sotilishini tizimli oʻrganib chiqilayotganini ham alohida taʼkidlash lozim.
«Shu tariqa, yil boshidan buyon birja savdolari orqali oʻrtacha 20 tonna, jami 5,2 ming tonna neft mahsulotlari xarid qilinganiga qaramay, 241 ta yonilgʻi quyish shoxobchalarida isteʼmolchilarga benzin sotilmagani aniqlandi, yaʼni sunʼiy ajiotaj holati vujudga keltirilmoqda.
Oʻrganishlar natijalari boʻyicha materiallar zarur choralar koʻrilishi uchun Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etildi», — deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda sotuvchi isteʼmolchiga oʻzi sotayotgan tovar toʻgʻrisidagi zarur, ishonchli va foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etishi shartligi belgilangan.
Shuningdek, agar mahsulot toʻgʻrisida notoʻgʻri yoki yetarli darajada toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarning taqdim etilishi zarur isteʼmol xususiyatlariga ega boʻlmagan tovarlarni sotib olishga olib kelgan boʻlsa, isteʼmolchi shartnomani bekor qilishga va unga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Isteʼmolchi shartnoma tuzish yoʻli bilan tovarni erkin sotib olish huquqiga ega boʻlib, bu shartnomaga koʻra sotuvchi isteʼmolchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini, isteʼmolchi esa, shartlashilgan pulni toʻlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.




Izohlar 1
