So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Samolyotda bomba bor” — Permdan Goaga uchayotgan samolyot favqulodda Oʻzbekistonga qoʻndi
Samolyot bortida 240 ga yaqin odam boʻlgan va bunday holat ikkinchi marta kuzatilmoqda.

Permdan Goaga yoʻl olgan Azur Air samolyoti bortida portlovchi qurilma borligi haqidagi xabar tufayli Hindistonga kiritilmadi, u Oʻzbekistonga qoʻndi.
SMS-xabar Boeing 757 Azur Air samolyoti Afgʻoniston ustidan uchib oʻtayotganida aviakompaniya va Goa aeroporti vakili elektron pochtasiga yuborilgan. Unda yoʻlovchilardan birining noutbukining akkumulyator boʻlinmasida portlovchi qurilma borligi aytilgan.
Hindiston aviatsiya maʼmurlari zudlik bilan samolyotning mamlakat havo hududiga kirishini taqiqladi. Shundan soʻng, uchuvchilar Termiz aerodromida Oʻzbekistonga qoʻnishga qaror qilishdi. Samolyot bortida 231 yoʻlovchi va 7 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan.
Favqulodda qoʻngach, havo kemasi, yoʻlovchilarning bagaji va qoʻl yuki aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan sinchkovlik bilan koʻzdan kechirilgach, hech qanday xavfli moddalar yoki qurilmalar topilmadi.
Samolyot Termizda sakkiz soatdan beri qolmoqda. Aviakompaniya Moskva vaqti bilan soat 17:00 ga rejalashtirilgan Goaga joʻnab ketishni kutayotgan yoʻlovchilarni mehmonxonaga joylashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini aytdi.
9-yanvar kuni Rossiyaning Azur Air aviakompaniyasining Moskva-Goa yoʻnalishida 244 nafar yoʻlovchi va ekipaj aʼzolari bilan parvoz qilayotgan samolyoti bortidagi yolgʻon bomba xabari tufayli Hindistonning Gujarat shtatiga favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot mast yoʻlovchi sababli Urganchga qoʻnishga majbur boʻlgan edi.



