So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda qurilishi bitmagan uyda yongʻin sodir boʻldi
Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangi Namangan tumanida qurilishi tugallanmagan uyda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 12-yanvar kuni soat 14-35da Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi 101 qisqa raqamiga Namangan shahar Yangi Namangan tumani “Sherbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi raqamsiz qurilishi tugallanmagan uyda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan yongʻin qutqaruv ekipaji voqea joyiga yuborilgan, soat 14-49da yongʻin qutqaruv ekipaji joyigan yetib borib, soat 14-57da yongʻin qutqaruvchilar tomonidan sodir boʻlgan yongʻin toʻliq bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida yashash uyning shift qismidan 12 kv.m joyi yonib zararlangan. Yongʻinda kuyib tan jaroxati olgan hamda halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar xonadoningizni isitish maqsadida oʻrnatilgan asbob-anjomlardan belgilangan qoida talablari asosida foydalaning va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling”, — deyiladi xabarda.