So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Daraxtlarni asrash maqsadida tirgaklar oʻrnatishga doir topshiriq berildi” – Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov ogʻir ob-havo sharoitida qulagan daraxtlarni asrab-avaylab, tiklash maqsadida tayanch tirgaklari oʻrnatishga doir topshiriq berilganini qayd etib, tabiatni asrashga doir aksiyalar oʻtkazayotgan tashkilotlarga oʻz minnatdorchiligimni bildirdi.

“Shu kunlarda Oʻzbekistonda kuzatilayotgan kuchli qor yogʻishi va past harorat, afsuski, koʻkalamzorlashtirishga, ayniqsa, ignabargli daraxtlarning ayrim turlari va keng bargli daraxtlarning yosh koʻchatlariga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Tuproqning namlik bilan haddan tashqari toʻyinganligi, shuningdek, moʻl-koʻl qor massasi tufayli daraxtlar qattiq egilib, ularning aksariyati qulaganiga guvoh boʻlyapmiz.
Shaharlarimiz koʻchalaridagi yashil maydonlar respublikamizning bebaho ekologik, rekreatsion va imidj boyligi ekanligini alohida taʼkidlamoqchiman
Maʼlumki, minimal miqdordagi oʻsimliklarga ega boʻlgan urbanizatsiyalashgan muhit fuqarolarning jismoniy va ruhiy farovonligiga taʼsir koʻrsatadi, charchoq, asab tizimining buzilishini keltirib chiqaradi, qariyalar, bolalar, homilador ayollarning sogʻligʻiga jiddiy tahdid solishi mumkin va umuman, har bir insonning jismoniy holatiga salbiy taʼsir qiladi.
Orol fojiasi tufayli yanada kuchaygan quruq, issiq iqlimimiz sharoitida har bir daraxt, har bir buta ekologik muvozanat va fuqarolar salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Shu bois, barcha hududlardagi masʼullarga shikastlangan daraxtlarga yordam berish, yaʼni har bir qulagan daraxtni asrab-avaylab, tiklash maqsadida tayanch tirgaklari oʻrnatishga doir topshiriq berildi.
Fursatdan foydalanib, qorli kunlarda daraxtlar taqdiriga befarq boʻlmagan yurtdoshlarimiz va tabiatni asrashga doir aksiyalar oʻtkazayotgan tashkilotlarga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
Shuningdek, barcha fuqarolarimizni uylari yaqinidagi va mahallalaridagi qulagan daraxtlarni imkon doirasida tiklashga chaqiramiz. Bundan tashqari, Oʻzbekiston hududida mavjud qushlarga gʻamxoʻrlik qilish, ularga don ulashish va uyalar qurishga chorlab qolamiz.
Shu yoʻl bilan biz tabiat resurslarimizni asrab, shaharlarimizni yanada obod boʻlishiga oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz”, deya murojaat qilgan Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov.