So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpogʻiston dunyoning eng noyob turistik hududlar roʻyxatiga kiritildi
Maqolada Qoraqalpogʻistonga “Orol dengizining vatani” deya alohida taʼrif berilgan.
Buyuk Britaniyaning turizmga ixtisoslashgan “Bradt Guides” nashriyoti 2023-yilda sayohat qilish uchun tavsiya etilgan dunyoning eng noyob turistik hududlar ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, Chili, Kosta-Rika, Isroil, Estoniya va boshqa sayyohlarni jalb qiluvchi noyob maskanlardan iborat bo‘lgan ushbu ro‘yxatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham kiritildi.
Ta’kidlash joizki, “Bradt Guides” ekspertlari Mo‘ynoq tumanida yangi aeroportning ishga tushishi va kelgusida tezyurar poyezdlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida Qoraqalpog‘istonga borish yanada qulay bo‘lgani, Markaziy Osiyodagi eng yirik elektron musiqiy festivalning o‘tkazilishi, Sahrodagi Luvr muzeyining dunyoga mashhur avangard kolleksiyasi, shu bilan birga, tungi osmonning eng qorong‘i zonasi va uning ostida joylashgan o‘tovlar majmuasini alohida ta’kidlab o‘tishgan.
Bundan tashqari, maqolada Qoraqalpog‘istonga “Orol dengizining vatani” deya alohida ta’rif berilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-aprelda qabul qilingan “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, hududning turistik salohiyatini to‘liq namoyish etuvchi turistik xaritalarni (Guidebook) ishlab chiqish, nashr etish va bepul tarqatish vazifasi belgilangan. Shu bois Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Madaniyat va turizm vazirligi hamkorligida “Bradt Travel Guides” nashriyotida Qoraqalpog‘iston bo‘yicha turistlar uchun qo‘llanma ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Qayd etish joizki, loyiha doirasida 2022-yilda O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson va OAV vakili Stefani Adams uchun Qoraqalpog‘istonning bir qator turistik obyektlari bo‘ylab press-tur tashkil etilgan edi.