So`ngi yangiliklar
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Anomal sovuq tufayli Toshkentda 40 ta avtobus yoʻnalishlarga chiqa olmadi
Havo harorati ertalab -24 darajagacha pasaygani sababli Toshkent shahrida MAN rusumli gazda harakatlanuvchi 40 ta avtobus yoʻnalishlarga chiqa olmadi. Ular kamroq sigʻimli harakatlanuvchi tarkiblar bilan almashtirilgan.

Bugun, 12-yanvar kuni Toshkent shahrida “MAN” rusumli gazda harakatlanuvchi 40 ta avtobus yoʻnalishlarga chiqa olmadi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, poytaxt transport boshqarmasi boshligʻi Anvar Joʻrayev maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, ertalab soat 5:30 da avtobus bazalarida 40 ta MAN katta sigʻimli siqilgan gazda harakatlanuvchi avtobuslar oʻt olmagan.
Ishlab chiqarish korxonasi vakillari bunga nima sabab boʻlganini tekshirganda tungi havo haroratining -24 darajagacha pasayishi tufayli avtobuslarning gaz ballonlaridagi klapanlar muzlab qolgani maʼlum boʻlgan. Natijada gaz bilan oʻt oldirish imkoni boʻlmagan.
“Ertaga bunday boʻlmasligi uchun bugun kechqurun “MAN”lardagi klapanlarni almashtiramiz”, — dedi Anvar Joʻrayev.
Yoʻnalishlarga katta sigʻimli avtobuslar oʻrniga kichik sigʻimli Isuzu NP 37 va HC 40, shuningdek, oʻrta sigʻimli Isuzu LE 60 rusumli avtobuslar kiritildi.
“Kechikish 45 daqiqadan bir soatgacha boʻlgan. Bugunning oʻzida jami 1069 ta avtobus harakatga chiqarildi. Shundan 19 tasi xususiy avtobuslar boʻlib, ularga uchta yoʻnalish ajratilgan”, — dedi Anvar Joʻrayev.
Uning taʼkidlashicha, barcha avtobuslar monitoring xizmatida koʻrsatilmagan, chunki poytaxtda harakatlanadigan avtobuslar odatda shahar atrofi boʻylab yoʻl yuradi. “Toshshahartransxizmat” rahbarining qoʻshimcha qilishicha, ayozli kunlarda yoʻlovchilar oqimi kamaymoqda.
Bunga koʻplab maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalarining oʻqishni boshlamagani, qator tashkilotlar xodimlarining masofaviy ishlashga oʻtkazilgani ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan.



