So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
“Tez yordam” haydovchilari yolgʻon xabar tarqatgan» — Toshkent shahar sudlari
11-yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat bilan chiqqan Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam xizmati haydovchilarining masalasi koʻrib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab boʻlgan Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam xizmati haydovchilari tomonidan qilingan videomurojaat bilan bogʻliq holat yuzasidan Toshkent shahar sudlari rasmiy axborot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 11-yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 202-2-moddasi (yolgʻon axborot tarqatish) 2-qismi boʻyicha M. Samiqov (1974-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi maxsuslashtirilgan avtoxoʻjaligi haydovchisi) va D. Kasimov (1972-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi maxsuslashtirilgan avtoxoʻjaligi mexanigi) ga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish koʻrib chiqilgan.
Sud majlisida aniqlanishicha, huquqbuzar M. Samiqov 2023-yil 9-yanvar kuni Telegram messenjeri orqali Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining maxsuslashtirilgan avtoxoʻjaligiga Toshkent shahar IIBB YHXBdan yuborilgan tez tibbiy yordam avtomashinalari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun tayinlangan qarorlarda belgilangan jarimalarni goʻyoki tez tibbiy yordam haydovchilarining oyligidan olinib qolinayotganligi xaqida yolgʻon maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
M. Samiqov shu sababli tez tibbiy yordam xizmati avtomashinalari chaqiruvga oʻz vaqtida yetib borilmasligida ularni ayblamasliklarini roʻkach qilib, ushbu harakatlari bilan jamoat tartibiga tahdid soluvchi hamda keng jamoatchilikning muhokamasiga va eʼtiroziga sababchi boʻlgan yolgʻon axborot tarqatgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tumani sudining 2023-yil 11-yanvardagi qarori bilan M. Samiqovning harakatlarida MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari yoʻqligi sababli ishning shu qismi MJtKning 271-moddasi (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 1-bandiga asosan harakatdan tugatildi.
M. Samiqov MJtKning 202-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, u MJtKning 21-moddasi (huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish) ga asosan maʼmuriy javobgarlikdan ozod etildi va ogohlantirildi.
D. Kasimovning harakatlarida MJtKning 183-moddasi va 202-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar alomatlari yoʻqligi sababli unga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan harakatdan tugatildi.



