So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlar amnistiyaga tushmaydi, taʼlim va tibbiyot muassasalarida ishlashi taqiqlanadi, birovning shaxsiy foto-video va yozishmalarini tarqatish bilan shantaj qilish uchun jinoiy javobgarlik boʻladi.
Oʻzbekistonda xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Unga koʻra, 18 yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Xususan, ularga nisbatan:
➖ jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilmaydi;
➖ ayolni homilasini sunʼiy tushirishga majburlash, nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun jazo ogʻirlashtirilmoqda;
➖ shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;
➖ jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish: uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi soʻzlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni koʻrsatuvchi harakatlar qilish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda;
➖ shaxsning hayoti va sogʻligʻi, erkinligi, shaʼni va qadr qimmatiga, Oʻzbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat koʻrsatiladigan taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda.