So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda ertadan oʻqish boshlanadi. Abdurahmonov masʼullarga muhim topshiriq berdi
Andijondagi barcha maktablarga viloyat hokimligi mutasaddilari, boshqarmalar hamda viloyat miqyosidagi davlat idoralari rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari biriktiriladi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov raisligida dolzarb masalalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtda.
Yigʻilishda Shuhratbek Abdurahmonov ertangi kundan Andijondagi taʼlim muassasalarida oʻqish jarayonlarini boshlash xususida toʻxtaldi. U bu borada har bir shahar va tuman hokimlari hamda XTB mudirlari bilan birma-bir muloqot oʻtkazib, maktablarning oʻqishga shay holda ekanini oʻrgandi.

Tayyorgarligida ayrim masalalar kuzatilishi mumkin boʻlgan maktablar ertadan oʻquv jarayonini boshlashi talab etilmaydi va ushbu maskanlarda kamchiliklarni bartaraf etish ishlari boshlanadi.


Shuningdek, Andijondagi barcha maktablarga viloyat hokimligi mutasaddilari, boshqarmalar hamda viloyat miqyosidagi davlat idoralari rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari biriktiriladi. Ular orqali maktablardagi vaziyat oʻrganilib, nazorat qilib boriladi.

“Maktab direktorlari va oʻqituvchilar ushbu masalalar boʻyicha tashkil etilgan hech bir ishga jalb etilmaydi. Ular faqat taʼlim berishadi. Hammasini viloyat hokimi oʻrinbosarlari va biriktirilgan masʼullar, maktabning xoʻjalik ishlari mudiri ishtirokida bajarib boradilar”, — dedi Shuhratbek Abdurahmonov.