So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonning bir nechta hududida qor yogʻishi kutilmoqda
Bugundan Oʻzbekistonga Volgaboʻyi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
10-yanvar kuni Oʻzbekiston boʻyicha qor yogʻadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida, Fargʻona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5 daraja sovuq, shimolda -7-12 daraja boʻladi.
Toshkent shahrida havo bulutli boʻladi, qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -2-4 daraja sovuq boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushadi. Qor koʻchishi xavfi bor. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -3-8 daraja sovuq boʻladi.