So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Anomal sovuq tufayli Samarqandga uchgan ikkita samolyot muqobil aerodromga yoʻnaltirildi
Bugun, 10-yanvardan boshlab Oʻzbekistonda anomal sovuq kunlari boshlandi va ob-havoning noqulayligi avikompaniyalarning faoliyatiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazdi.
Uzbekistan Airportsʻga koʻra, Flydubai aviakompaniyasining Dubay – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha FDB769 reysi aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Navoiy shahridagi muqobil aerodromga qoʻndi. Soat 05:04 da samolyot qaytib Samarqandga uchdi.
Shuningdek, “Qanot Sharq” aviakompaniyasining HH756 Moskva – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan samolyot aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.“Samarqand” aerodromida qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Air Astana samolyotining bortida kuchli turbulentlik yuzaga kelgani bois, besh nafar yoʻlovchi jarohat olgan edi. Toshkentdan Qozonga uchgan samolyotning dvigatelida nosozlik yuzaga kelgan edi.