So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Tez yordam” haydovchilarining murojaati batafsil oʻrganiladi» — YHXBB
Tez tibbiy yordam avtomobilining haydovchisi Yoʻl harakati qoidalarining 25-bandi asosida belgilangan tartibda ayrim qoidalarning talablaridan chetga chiqishi mumkin.
Xabaringiz bor, Toshkentda tez yordam haydovchilari qoidabuzarliklar uchun jarima qogʻozlari kelayotgani sabab videomurojaat bilan chiqqan edi. Mazkur murojaatga Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2022-yil 1-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX boshligʻi va Tez tibbiy yordam xizmati markazi rahbari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi avtotransport boʻlimi masʼul xodimlari ishtirokida tez tibbiy yordam avtomobillarining maxsus foto-video fiksatsiya moslamari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlari boʻyicha kelib chiqayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan uchrashuv tashkil etilib, ishchi guruhi tuzilgan.
Tez tibbiy yordam avtomobilining haydovchisi Yoʻl harakati qoidalarining 25-bandi asosida belgilangan tartibda ayrim qoidalarning talablaridan chetga chiqishi mumkin.
Bunday holatda maxsus kameralar orqali avtomobil qayd etilgan taqdirda kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
“Hozirda, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video batafsil oʻrganilmoqda”, — deyiladi xabarda.