So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda ikki nafar bola ogʻir ahvolda shifoxonaga olib kelindi. Ulardan biri vafot etgan
Hozirda sodir boʻlgan xolat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati Chust tumanida voyaga yetmagan ikki nafar bola shifoxonaga olib kelingan, ulardan biri vafot etgan. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, bugun, 8-yanvar kuni soat 11:22 da Chust tumani Tibbiyot birlashmasini bergan maʼlumotiga asosan Chust tumani “Yorqishloq” Maxalla fuqarolar yigʻini xududidagi xonadonlarni birida ota-onasi qaramogʻida yashagan voyaga yetmagan 2014-yilda tugʻilgan va ukasi 2019-yilda tugʻilgan oʻgʻil bolalar sogʻligʻi yomonlashganligi sababli uyidan tuman tibbiyot xodimlari tomonidan shifoxonaga olib kelingan.
2014-y.t oʻgʻil bolaga tuman Tibbiyot birlashmasida birinchi yordam koʻrsatilishiga qaramasdan vafot etgan. Hozirda sodir boʻlgan xolat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Oʻlim sababi aniqlanmoqda. Yakuniy xulosa sud med tibbiy ekspertizasi xulosasidan soʻng maʼlumot beriladi. </em><em>Hurmatli fuqarolar xonadoningizni isitish maqsadida gaz, elektr, koʻmir, oʻtin va boshqa yoqilgʻilardan foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!!!”, — deyiladi xabarda.