So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentdan Qozonga uchgan samolyotda nosozlik yuzaga keldi
Avvalroq Air Astana samolyotining bortida kuchli turbulentlik yuzaga kelgani bois, besh nafar yoʻlovchi jarohat olgan edi.
Oʻzbekistondan Rossiyaga uchgan samolyotda nosozlik kuzatildi, deya xabar bermoqda “Novosti Tashkentskogo Neba” Telegram kanali.
Maʼlum boʻlishicha, Uzbekistan Airwaysʻning “Toshkent-Qozon” yoʻnalishida uchgan UK32012 raqamli Airbus A-320 samolyoti 7-yanvar kuni soat 19:40 da Rossiyaning Samara viloyati havo hududida uchayotganida dvigatelda nosozlik yuzaga kelgan hamda 2700 fut balandlikda uchishga ruxsat soʻragan.
Natijada Qozon aerodromida trevoga eʼlon qilingan hamda samolyot shu kuni soat 19:57 da Qozon aeroportiga muvaffaqiyatli qoʻndirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentdan Olmaotaga uchgan samolyot bortida kuchli turbulentlik yuzaga kelgani tufayli besh nafar fuqaro jarohat olgan edi.